Линклар

logo-print

2015 yilda 20 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiya fuqaroligini olish istagini bildirgan. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenyovning Sputnik nashriga bildirishicha, “Vatadonshlarni Rossiyaga ko‘chirish dasturida” ishtrok etgan o‘zbekistonliklar soni shunchani tashkil etgan.

“2015 yilda Rossiya elchixonasiga ko‘chirish davlat dasturida ishtirok etish to‘g‘risida 8,3 ming ariza kelib tushgan. Potensial ko‘chiriluvchilar, jumladan ularning oila a’zolari qo‘shib sanalganda 20 mingga yaqin odamni tashkil etgan”, deya iqtibos keltirdi nashr elchi so‘zlaridan.

Uning bildirishicha, “o‘zbekistonlik vatandoshlar” 2016 yilda uchun Kaluga, Voronej, Lipesk, Kaliningrad va Tula viloyatlari ko‘chish uchun eng jozibador mintaqalar bo‘lib qoladi.

Tyurdenyov “hech kimni ko‘chishga targ‘ib etmayotganimiz va balandparvoz va’adal bilan jalb etmayotganimizni alohida qayd etmoqchiman”, deya ta’kidladi.

Shunga qaramasdan, so‘nggi yillarda Rossiyaga ko‘chib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, jumladan o‘zbek millatiga mansub oilalar soni oshayotgani kuzatilmoqda.

Sobiq SSSR fuqarolarining Rossiyaga ko‘chishini targ‘ib etish dasturi 2006 yilda Rossiya prezidenti farmoniga ko‘ra joriy etilgan.

XS
SM
MD
LG