Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:36

MDHdagi eng yirik Zangiota qamoqxonasining qurilishi to‘xtab qoldi


Toshkent viloyatining Zangiota tumanida qurilayotgan qamoqxona qurlishining moliyaviy ta’minoti uzilgani bois to‘xtab qolgani haqida mahalliy nashrlar xabar qilmoqda. Besh yulduz shaklida qurilayotgan qamoqxonaning MDH hududida xalqaro talablarga javob beradigan eng yirik tergov izolyatori bo‘lishi kutilayotgan edi. Ozodlik manbasi "Sangorod" va "Toshturma" rahbariyati 2016 yil may oyidan yangi qamoqxonaga ko‘chirilishidan ogohlantirilganini aytmoqda.

Podrobno.uz. axborot agentligi Toshkent viloyati Zangiota tumani huquq-tartibot organlaridagi manbalariga tayanib, tumanda qurilayotgan tergov izolyatorini foydalanishga topshirish noma’lum muddatga qoldirilganini xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, buning sababi qurilishni moliyalashtirishdagi muammolar bilan bog‘liq.

"Qurilishni shuning oxiriga qadar tugatish rejalangan edi, lekin moliyaviy ta’minot uzilgani bois ishlar to‘xtatib qo‘yildi", deya itibos keltiradigan o‘z manbasidan agentlik.

Ammo, muammo konkret nimada va foydalanishga topishirish muddati qachonga qoldirilgani aytilmayotir. Aslida bu qamoqxona shu yilning kuzida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Agentlik manbasi qurilishni yakunlash ishlari endi 2016 yilning bahorlarida boshlanishi mumkinligi taxmin qilinayotganini aytmoqda.

Zangiota tergov izolyatori qurilishi to‘xtatilgani haqida, umuman, mazkur inshoot qurilishi haqida Zangiota tumani va Toshkent viloyatidagi mahalliy hokimiyat va huquq-tartibot idoralari biror ma’lumot bermadi.

Lekin shu yilning iyul oyida Jenevada BMT Inson huquqlari kengashi O‘zbekistondagi vaziyatga bag‘ishlagan yig‘inda ishtirok etgan o‘zbek delegatsiyasi Zangiota tumanida xalqaro talablarga javob beradigan tergov izolyatori qurilayotgani to‘g‘risida maqtangan edi.

Yig‘inda ishtirok etgan O‘zbekiston Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi vakili qamoqxoning besh yulduz shaklida qurilgani kameralarga har tomondan yorug‘lik tushishini ta’minlaydi, deb eslatgan edi.

Ozodlikning Toshkent viloyatidagi qamoqxonalardan birida shifokor bo‘lib ishlaydigan manbasiga ko‘ra, yangi qamoqxonaga Toshkent shahridagi 18-sonli maxsus koloniya - xalq tilida "Sangorod" deb yuritiladigan qamoqxona va 1-sonli tergov izolyatori - xalq tilida "Toshturma" deb yuritiladigan qamoqxonalarni ko‘chirish rejalashtirilgan.

"Keyingi yilning may oyidan "Sangorod"ni yangi qamoqxonaga ko‘chasizlar, deb aytib qo‘yishgan", dedi Ozodlik muxbiri bilan mikrofonsiz suhbatda bu shifokor.

Ammo, u yangi qamoqxonaning foydalanishga topshirilishi kechiktirilgani haqida biror ma’lumot yo‘qligini aytdi.

Podrobno.uz. axborot agentligi Zangiotada qurilayotgan yangi qamoqxonaning MDH hududida kattaligi va xalqaro talablarga mosligi bois eng yirik tergov izolyatori bo‘lishi haqida yozmoqda.

Agentlik bergan xabarga ko‘ra, tergov izolyatori besh yulduz shaklida qurilgan 9 ta blokdan iborat bo‘ladi. Hozircha bu muassasaning qancha mahbusga mo‘ljallangani haqida ma’lumot yo‘q.

O‘zbekistonda jami 52 ta jazoni ijro etish muassasasi bor. Bular orasida eng katta va sharoiti eng og‘ir qamoqxonalardan biri Zangiota qamoqxonasiga ko‘chirilishi kutilayotgan "Toshturma"dir. Bu qamoqxonada qancha mahbbus saqlanishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

2013 yilda O‘zbekiston Oliy sud raisi bo‘lgan Bo‘ritosh Mustafoyev mamalkatdagi mahbuslar soni har 100 ming kishiga 166 nafardan to‘g‘ri keladi, deb rasman bayonot bergan edi.

XS
SM
MD
LG