Линклар

O‘zbekistondagi tijorat banklarining ayrimlari 2016 yil 1 yanvaridan boshlab xorij valyutasini naqdsiz sotish ustidan nazoratni kuchaytiradi. Qator banklar konversion plastik kartalarni berishni to‘xtatishi haqida RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.

O‘zbekistonda valyutani erkin sotib olish imkoni bo‘lmagani bois, xorijga safar qilayotgan fuqarolar tijorat banklarida bank to‘lov kartalarini ochib, ikki ming AQSh dollarigacha miqdorda naqdsiz valyuta sotib olish imkoniga ega edi. Aytilishicha, yangi yildan ayrim banklar ana shu xizmatni ko‘rsatishdan voz kechadi.

RIA Novosti agentligining O‘zbekiston Markaziy bankidagi manbasi “2016 yildan tijorat banklariga konversion kartalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish tavsiya etildi”, deya bildirgan.

Aytilishicha mazkur chora O‘zbekistonda valyuta tushimining kamayib ketgani bilan izohlanmoqda.

Rossiyada yuzaga kelgan iqtisodiy bo‘hron oqibatida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari O‘zbekistonga yuborayotgan valyuta miqdori keskin kamayb ketgan.

XS
SM
MD
LG