Линклар

logo-print

Ukraina harbiylarining 27 dekabr kuni ma’lum qilishicha, rossiyaparast ayirmachilar bilan otishma oqibatida bir askar va bir yoshi katta ayol halok bo‘lgan. Bayram kunlariga ikki tomon o‘rtasida sulh e’lon qilinganiga qaramasdan, o‘zaro otishmalar to‘xtagani yo‘q.

Ayni paytda, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti o‘z kuzatuvchilari Mariupol shahrida o‘qqa tutilganini aytmoqda.

Ukraina Mudofaa vazirligi matubot vakili Oleksandr Motuzyanik tarqatgan bayonotga ko‘ra, ayirmachilar yakshanba kuni Donetskdan 55 kilometr shimolroqdagi Zaytsevo qishlog‘i yaqinida hukumat kuchlariga hujum qilgan.

“So‘nggi 24 soat ichida bir ukrain askari halok bo‘lib, yana uch nafari yaralandi”, deya bildirdi Motuzyanik.

Ikki tomon bir-birini Yangi yil va Rojdestvo bayramlari kunlari o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha 23 dekabr kuni imzolangan sulhni buzganlikda ayblamoqda.

XS
SM
MD
LG