Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:18

Tojikiston shimolida bokiralik pardasini tikish "haqqi" 400 dollar


Tojikiston shimolidagi Isfara tumanida ichki ishlar xodimlari bokiralik pardasini tikish uchun bir qizdan 3000 somoniy (400 dollar atrofida) "mukofot puli" olgan ayollar shifokorini qo‘lga oldi.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, 61 yashar ayollar shifokori militsiya xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor qidiruv amaliyoti paytida ushlangan va hozirda hibsxonada saqlanmoqda.

Vazirlikdagi Ozodlik manbasining ma’lum qilishicha, "shifokor ta’ma yo‘llari bilan isfaralik 20 yashar qizdan uning bokiralik pardasini tiklashi uchun 3000 somoniy mukofot puli undirgan. Hodisa yuzasidan hozirda jinoiy ish ochilib, tergov ishlari olib borilmoqda".

Tojikistonda, Markaziy Osiyodagi qolgan barcha mamlakatlarida bo‘lgani kabi, oila qurishda turmushga uzatilayotgan qizning bokira bo‘lishi eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi.

Bokiralikka yangi oilada er-xotin o‘rtasidagi ishonch asosi sifatda qaraladi.

Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Tojikiston poytaxti Dushanbeda joriy yilning o‘zida shifoxonalarga bokiralikni aniqlashni so‘rab, fuqarolardan 600ta ariza tushgan.

Ariza topshirganlarning aksari to‘y kechasidan bir kun o‘tib taloq olgan yangi kelinchaklarning ota-onalaridir.

Shu yil boshida bir guruh shifokorlar to‘ydan oldin qizlarning bokiraligini tekshirishni nazarda tutgan qonunni qabul qilishni so‘rab, Tojikiston parlamentiga murojaat qilgan edilar

XS
SM
MD
LG