Линклар

Bugun dollar va yevro rublga nisbatan ko‘rsatkichlarini yangilab, navbatdagi pog‘onaga ko‘tarildi. 1 yevro 80 rublga tenglashdi va bu joriy yil avgustidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir. AQSh dollari narxi esa, 72 yarim rublga tenglashdi.

Ekspertlar fikricha, rubl qadrining pasayishi neftning arzonlayotgani hamda soliq to‘lash davri yakuniga etayotgani bilan izohlanadi.

Dushanba kuni Brent neftining bir bochkasi narxi 2008 yildan buyon ilk marta 37 dollardan pastga tushdi.

XS
SM
MD
LG