Линклар

logo-print

Belgiyada Yangi yil marosimlari paytida Bryusselda hujumlar uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinib, 2 kishi hibsga olindi. Bu haqda bugun Belgiya federal prokuraturasi ma’lumot tarqatdi.

Gumon qilinayotgan ikki shaxs yakshanba va dushanba kunlari Bryussel va Lyeje shaharlari atroflarida hamda Flamand Brabanti mintaqasida o‘tkazilgan reydlar davomida qo‘lga olingan. Ularning ism-familiyalari, yoshi va jinsi to‘g‘risida ma’lumot berilmadi.

Tintuv davomida harbiy kiyim, informatsiya tashuvchi elektron asboblar hamda “Islom davlati” ekstremistik guruhining targ‘ibot materiallari topilgani, biroq qurol va o‘q-dori topilmagani xabar qilindi.

Aytilishicha, dastlab 6 kishi qo‘lga olingan, lekin ulardan 4 nafari keyin qo‘yib yuborilgan.

Belgiya federal prokuraturasiga ko‘ra, o‘tkazilgan reydlarning o‘tgan oyda Parijda amalga oshirilgan hujumlarga aloqasi yo‘q.

13 noyabr kuni Parijda sodir etilgan terror hujumlaridan 130 kishi halok bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG