Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:08

2015 yili 69 jurnalist xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda o‘ldirildi


2015 yili kamida 67 jurnalist kasbiy faoliyatini amalga oshirayotgan paytda halok bo‘ldi. Bu haqda ommaviy axborot vositalari erkinligi uchun kurashib kelayotgan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti xabar qildi.

Bosh qarorgohi Parijda joylashgan tashkilotga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati qurolli ziddiyatlar yuz bermayotgan mamlakatlarda o‘ldirilgan. Aytilishicha, yana 43 jurnalistning o‘limi tafsilotlari hozircha ma’lum emas.

“Chegara bilmas muxbirlar” hisobotida aytilishicha, Suriya va Iroq jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlardir. Bu yil Suriyada 10, Iroqda esa 11 jurnalist halok bo‘ldi.

Qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra 2015 yili ommaviy axborot vositalarining 69 xodimi kasbiy faoliyatini amalga oshirayotgan paytda halok bo‘lgan. Shu jumladan 29 nafari radikal islomchi guruhlar janggarilari qurboni bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG