Линклар

Prezident Islom Karimov imzolagan qarorga muvofiq 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab yonilg‘i narxlari ko‘tarilishi avtomobil yonilg‘isi iste’moli uchun jismoniy shaxslardan olinadigan soliq miqdori oshishi bilan bog‘liqdir.

1 yanvardan boshlab 1 litr benzin uchun soliq miqdori 45 so‘mga (hozirgi 290 so‘m o‘rniga 335 so‘m) 1 litr suyultirilgan gaz uchun 30 so‘mga (200 < 230), va qisilgan gaz uchun 35 so‘mga (240 < 275) ortadi.

Bu haqda xabar qilgan norma.uz saytiga ko‘ra, shu kunda O‘zbekistonda Ai-80 benzinining 1 litri 2030 so‘m, Ai-91 – 2235 so‘m, Ai-95 2460 so‘m, dizel yonilg‘isining 1 litri 2200 so‘mdir.

Mamlakat bo‘ylab, hatto poytaxtda ham yonilg‘i taqchilligi surunkali xarakter kasb etgan.

XS
SM
MD
LG