Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:01

O‘zbekistonda 30 nafar xorijlik jurnalist bor, xolos


29 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan ro‘yxatdan respublikada xorijiy ommaviy axborot vositalarining atigi 30 nafar muxbiri akkreditatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi. Chet ellik jurnalistlarning aksariyati Xitoydan – ular ro‘yxatning deyarli yarmini egallagan.

Chet el muxbirlari orasida ko‘pchilikni Xitoy Xalq Respublikasi vakillari tashkil etayotgani e’tiborga molik. 14 muxbir Xitoyning beshta axborot vositasi – Xitoy Markaziy televideniesi, Shinjon televideniesi, “Venveybao” gazetasi, “Tszintszi Jibao” gazetasi va “Sinxua” axborot agentligi nomidan O‘zbekistonda vakillik qiladi.

Xitoy axborot vositalarining O‘zbekiston Respublikasida bunchalik ko‘pligini Pekinning Toshkentga bo‘lgan qiziqishi yuqori darajada ekani bilan izohlash mumkin.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan va ishlashga ruxsat olgan BEShTA xorij muxbirlik punkti (byurolari) va vakolatxonalari borligi ko‘rsatilgan saytda (bu ma’lumotlar 2015 yilning 2 aprelidan buyon yangilanmagan)

Saytda keltirilgan ro‘yxatdan O‘zbekistonda faoliyati taqiqlanmagan yana 8 davlat muxbiri borligini ko‘rish mumkin.

Bular qatorida O‘zbekiston bilan munosabatlarini yaxshi deb bo‘lmaydigan Turkiyaning “Jihan” va “Anadolu” axborot agentliklari hamda “TRT” teleradiokompaniyasining bittadan muxbiri; Rossiyadan “Interfaks” va “Rossiya segodnya” axborot agentliklarining bittadan muxbiri; Buyuk Britaniyaning “Reyter” va “Bi-Bi-Si” muxbirlari bor. O‘zbekistonda Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Pokiston va Erondan ham bittadan muxbir borligi ma’lum qilindi.

Ayni paytda, Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida O‘zbekiston tomonidan atigi bir nashr – “Mir novostey - Uzbekistan” akkreditatsiyadan o‘tkazilganini ko‘rish mumkin. Qiyoslash uchun, Rossiyada akkreditatsiya qilingan byuro va muxbirlik punktlari soni 318 tani tashkil etadi.

O‘zbekistonda Andijon voqealaridan (2005, 13 may) keyin ko‘plab xorijiy axborot vositalariga faoliyat yuritish taqiqlangan edi.

XS
SM
MD
LG