Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:17

To‘qto‘g‘ul GESining ikki generatori favqulodda o‘chirildi


Qirg‘izistonni elektr quvvati bilan ta’minlovchi To‘qto‘g‘ul GESida kechadan boshlab ikki generator favqulodda ravishda o‘chirildi. Bunga GES kabellaridagi nosozliklar sabab bo‘lgan.

Xabarlarga qaraganda, GESning kabellari 40 yildan beri yangilanmagani ortidan mana shunday favqulodda holat yuz bergan.Buning ortidan Energetika vazirligi Qirg‘izistonda elektr quvvati ta’minotiga cheklov kiritilishi haqida ma’lum qildi.

Energetika vazirligining rasmiy bildiruvida Qirg‘izistonning barcha viloyatlarida elektr energiyasi har kuni 1-2 soatga o‘chirilishi xabar qilingan. Cheklov GES kabellaridagi nosozliklar bartaraf etilgunga qadar kuchda qoladi.

Energetika vazirligiga ko‘ra, hozir GESdagi nosozliklarin rossiyalik mutaxasislar bartaraf etmoqda. Ta’mirlash ishlari bir oygacha davom etishi mumkin.

XS
SM
MD
LG