Линклар

AQSh sudi afg‘onistonlik tadbirkor Hikmatullo Shodmonni Qo‘shma Shtatlar bilan million dollarlik shartnomalarga erishish uchun amerikalik harbiylarni sotib olishda ayblamoqda.

Xikmatullo Shodmonga nisbatan jinoyat ishi 23 dekabrdan Shimoliy Karolina shtati federal sudida ko‘rib chiqila boshlangan.

Yuk tashish xizmati ko‘rsatuvchi transport shirkati rahbari Hikmatullo Shodmon AQShning ikki harbiysiga 2009 yilda pora berganlikda ayblanmoqda. Buning evaziga harbiylar Shodmonning shirkati bilan bir necha million dollarlik shartnomalarni imzolashi shart bo‘lgan.

2013 yilda AQSh Adliya vazirligi mazkur ish yuzasidan gumonlanayotgan Hikmatullo Shodmonning bank hisoblaridagi 63 million dollar mablag‘ini muzlatib qo‘ygan edi.

Prokurorlarga ko‘ra, Shodmon 2009 va 2012 yillari pora berish orqali AQSh bilan 77 million dollarlik shartnomalarni imzolashga muvaffaq bo‘lgan. Ayni paytda Shodmon kimlarga pora bergani o‘rganilmoqda.

XS
SM
MD
LG