Линклар

logo-print

Pokistonning Mardan shahrida 29 dekabr kuni sodir etilgan portlashda halok bo‘lganlar soni kamida 21 kishiga, yaralanganlar soni 50 kishiga yetdi. Xabarlarga qaraganda, yaralanganlardan 12 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Dastlabki ma’lumotlarda kamida 18 kishi halok bo‘lgani va 28 kishi yaralangani aytilgan edi.

Politsiya portlash Davlat ro‘yxatga olish xizmatining hududiy bo‘limi oldida sodir etilganini ma’lum qildi. Guvohlarning aytishlaricha, xudkush terrorchi binoga kirishga harakat qilgan, lekin uni binoni qo‘riqlayotgan xavfsizlik xizmati xodimlari tekshira boshlagach, u o‘zini portlatib yuborgan.

Terror harakati uchun mas’uliyatni Tolibonning Pokistondagi bo‘linmasi tarkibiga kirgan Jamoatul Ahror guruhi o‘z zimmasiga oldi.

XS
SM
MD
LG