Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:18

Islom uyg‘onish partiyasi liderini qabul qilgani uchun Dushanbe Tehronga norozilik bildirdi


Eronning Tojikistondagi elchisi Xo‘jatillo Fag‘oniy seshanba kuni Tojikiston tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilib, Tojikistonda ekstremistik va terroristik deb e’lon qilingan Islom uyg‘onish partiyasining xalqaro qidiruvga berilgan lideri Muhiddin Kabiriyning Eronda o‘tkazilayotgan konferensiyaga taklif qilinishidan norozilik notasi topshirildi.

Tojikiston tashqi ishlar vazirligining bu haqdagi bayonotida aytilishicha, Kabiriy “davlat to‘ntarishini amalga oshirishga va hokimiyatni kuch bilan bosib olishga uringanlikda” ayblamoqda va ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, xalqaro qidiruvga berilgan.

Shu kunlarda Tehronda “Islom dunyosi oldida turgan sinovlar” shiori ostida 29-inchi “Islom birligi” anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

XS
SM
MD
LG