Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:43

O‘zbekistonda HJlarga xorij sarmoyalarini jalb qilish majburiyati yuklandi


O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlarning ulushiga ega bo‘lmagan hissadorlik jamiyatlari 2016 yilning 1 iyuligacha kamida 15 foiz xorijiy sarmoyaga ega bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston prezidenti tomonidan 21 dekabrda imzolangan “Hissadorlik jamiyatlariga xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda hissadorlik jamiyatlariga mana shunday majburiyat yuklandi.

Review.uz nashrining 29 dekabrda xabar berishicha, bu talabni bajarmagan hissadorlik jamiyatlari xo‘jalik yuritishning boshqa huquqiy – tashkiliy formasiga o‘tishlari lozim bo‘ladi.

Xabarda aytilishicha, 2015 yil 25 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 717 hissadorlik jamiyati mavjud.Ularning umumiy nizom kapitali 16,38 trillion so‘mni tashkil qiladi. Hissadorlik jamiyatlari muomalaga 2,31 trillion aksiya chiqargan.

XS
SM
MD
LG