Линклар

Ozodlikning 2015 yil yakunlari¸ 2016 yilda O‘zbekiston va o‘zbekistonliklarni kutayotgan iqtisodiy-siyosiy istiqbol haqidagi “Qurultoy”ini bir gapga qisqartirsa¸ taxminan shu mazmunda bo‘ladi. 2015 yil O‘zbekiston va o‘zbekistonliklar uchun jiddiy voqealarga boy bo‘lmaganini qayd etgan qurultoychilar¸ ayni paytda¸ boshqaruv tizimidagi inqiroz alomatlari kuchayganini ta’kidladilar.

2015 yil O‘zbekiston va o‘zbekistonliklar uchun o‘tgan yillardan nimasi bilan farq qildi?

Tugayotgan yilda Toshkent hukumati hatti-harakatini belgilagan ichki va tashqi omillar nimalar bo‘ldiyu¸ oddiy xalq ne o‘y¸ ne tashvishda yashadi?

Mustaqil O‘zbekiston tarixida kamyob hodisa – mamlakat boshqaruvidagi eng qudratli va eng yopiq tizim – Milliy xavfsizlik xizmati yuqori darajali rasmiylari – general Hayot Sharifxo‘jaev va polkovnik Yuriy Savinkovlarning katta miqdordagi davlat mulkini talon-taroj qilganlik aybi bilan qamalib¸ mahkamaga tortilishi elita ichidagi bo‘linish va inqiroz belgisimi?

2012 yildan boshlab uch yil davomida yilning eng shov-shuvli voqeasi sifatida qolgan Gulnora Karimova janjali 2015 yilda o‘z yechimini topdimi? Prezident qizining 2015 yilda sukutga ketgani nimani anglatadi?

Prezident Karimov 5 dekabr kuni qonunni buzib¸ xalqqa adolatsizlik qilayotgan huquq-tartibot tizimlari xodimlarini tanqid qilgani boshqaruv ichidagi inqiroz e’tirofimi?

O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyatning muttasil ëmonlashib¸ so‘m qadrining tushib¸ ishsizlik va inflyatsiyaning oshib boraëtgani Karimov hokimiyatini iqtisod¸ moliya va qishloq xo‘jaligi sohasida kichik bo‘lsa-da islohotlar qilishga majburlaydimi?

2016 yilda oddiy xalq nima umid va orzuda yashab¸ qiyinchilarni engish uchun tayanch va kuchni qaerdan oladi?

Ozodlikning 2015 yil yakunlari va 2016 yil istiqbollariga bag‘ishlangan “Qurultoy” suhbati ishtirokchilari shu kabi savollar atrofida gapirdilar.

Yakuniy “Qurultoy”da yil davomida Ozodlik dasturlarida faol bo‘lib kelgan tahlilchilar - Toshkentdan siësatshunos Anvar Nazirov¸ Fransiyadan Kamoliddin Rabbimov¸ Britaniyadan Ikrom Yoqubov va AQShdan Farhod Inog‘omboevlar qatnashdi.

“Qurultoy” ni to‘lig‘icha quyida tinglashingiz mumkin.

Qurultoy: 2015 yil yakunlari

XS
SM
MD
LG