Линклар

Eshittirishning 2015 yildagi so‘nggi soniga doimiy suhbatdoshlarimizdan olti nafarini taklif qildik va ularning har biriga 2 tadan savol berdik. Savollardan biri Siz tinglovchidan, ikkinchisi – olib boruvchiniki. Suhbatdoshlarimizning javoblarini, istasangiz, 2015 yilgi O‘zbekiston va o‘zbekistonliklarning OzodNazardagi aksi, deb qabul qiling.

Kundalik voqealarni mavzuni chuqur biladigan mutaxassislar, ekspertlar bilan, ba’zida oddiy tinglovchi bilan tahlil qilib kelayotgan eshittirishimiz ortidan saytimizga keladigan sharhlarda u yoki bu ekspertimizning shaxsiga oid tez-tez takrorlanib turadigan savollar bo‘ladi.

Masalan, dunyoviy davlat tarafdori ekanligini, hukumatga xayrixoh ekanligini yashirmaydigan toshkentlik ruhshunos olim Mahmudjon Yo‘ldoshev bilan o‘tkazilgan suhbatlar ortidan achchiq-tirsiqqa to‘la sharhlar ko‘p keladi. Ba’zi mushtariylarimiz esa, sharh qoldiruvchining anonim qolish imkonini suiiste’mol qilib, haqoratlashdan ham toymaydi.

Bugungi eshittirishga ozodnazarchilardan 6 nafarini taklif qilib, ularning har biriga shaxsan atalgan xarakterli savollarni berdik.

O‘tkazganimiz savol-javoblarni suhbatdoshlarimiz ismlaridan kelib chiqib, alvafit bo‘yicha taqdim etamiz.

- Abdurahmon Tashanov nima uchun Toshkentda turib qo‘rqmay gapiraveradi? Balki u MXX ayg‘oqchisidir?

- Abdusalom Ergashev, javoblariga qaraganda, juda ehtiyotkor odam ko‘rinadi. U kishi nimadan qo‘rqadi?

- Anvar Nazirov G‘arbparast odam. Hammangiz ham G‘arbparastsiz. To‘g‘rimi?

- Kamoliddin Rabbimov bo‘layotgan voqealarni ravon til bilan yaxshi tushuntirib beradi. Shu yigit o‘z nomzodini O‘zbekiston prezidenti lavozimiga qo‘ymasmikan?

- Mahmudjon Yo‘ldoshev o‘z fikrlari bilan g‘ashimizni keltiradi. Shu kishini OzodNazarga chiqarmaslikning iloji yo‘qmi?

- Sharof Ubaydullaev qo‘rqmay gapiraveradi. Nima uchun u kishining tengdoshlari bo‘lgan oqsoqol jurnalistlar, shoir-yozuvchilar gapirmaydi?

Olti ozodnazarchi Siz tinglovchining faqat ularga taalluqli bo‘lgan savoliga javob berdi.

Endi suhbatdoshlarimizning boshlovchi savoliga javoblarini eshiting.

Savol esa budir:

- 2015 yilda O‘zbekistonda yuz bergan voqea-hodisalarning qay birini eng pozitiv, deb bilasiz?

XS
SM
MD
LG