Линклар

logo-print

O‘zbekiston televideniesining suxandoni Abdumo‘min O‘tbosarov vafot etdi


Abdumo‘min O‘tbosarov 31 dekabr kuni prezidentning Yangi yil tabrigini o‘qib eshittirgan edi

Abdumo‘min O‘tbosarov 31 dekabr kuni prezidentning Yangi yil tabrigini o‘qib eshittirgan edi

1 yanvar kuni taniqli suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov vafot etdi. 56 yoshida vafot etgan O‘zbekiston milliy televideniesining yetakchi suxandoni 31 dekabr kuni prezident Islom Karimovning Yangi yil tabrigini o‘qib eshittirgan edi.

O‘zbekiston milliy televideniesining eng mashhur suxandonlaridan biri Abdumo‘min O‘tbosarovning 56 yoshda olamdan o‘tgani to‘g‘risida uning hamkasbi Muslimbek Yo‘ldoshev o‘zining Feysbuk sahifasida ma’lum qildi.

"Azizlar, qadrdonlar. Mening do‘stim, qadrdonim, yurtimizning jafokash bir san'atkori - O‘zbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov 56 yoshida to‘satdan olamdan o‘tdi. Yaqinlariga chiroyli sabr so‘raylik, biladiganlarimiz esa uning haqqiga ikki kalima Qur’on tilovat baxshida qilaylik", deya bildirdi Muslimbek Yo‘ldoshev.

31 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Yangi yil tabrigini davlat telekanali orqali aynan Abumo‘min O‘tbosarov o‘qib eshittirgan edi. Shu sababdan uning vafoti to‘g‘risidagi xabar ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi.

O‘zbekiston davlat teleradiokompaniyasi uchun bu so‘nggi bir yil ichidagi ikkinchi katta yo‘qotish bo‘ldi. 2015 yilning 2 mart kuni yana bir mashhur suxandon Rahmatilla Mirzaev o‘z uyi oldida o‘ldirib ketilgan edi.

Keyinchalik suxandonning o‘ldirilishiga uning o‘g‘li Umid Mirzaevning aloqadorligi aniqlandi. Avgust oyida bo‘lib o‘tgan sudda suxandonni o‘ldirishda aybdor, deb topilgan Umid Mirzaev 18 yil, uning sherigi Qudrat Shoazizov 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

XS
SM
MD
LG