Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:34

Prezident tabrigi namoyish etilgan payt uni o‘qigan suxandon o‘lik bo‘lgan


O‘zbekiston davlat telekanallari 31 dekabr kuni yarim tunda prezident Islom Karimovning Abdumo‘min O‘tbosarov o‘qigan yangi yil tabrigini namoyish etgan. Hamkasblarining aytishicha, tabrik efirga berilgan paytda O‘tbosarov o‘lik bo‘lgan.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, prezident tabrigi 30 dekabr kuni yozib olingan bo‘lgan.

31 dekabr kuni esa tabrikning o‘zgartirilgan variantini o‘qish zarurati paydo bo‘lgan.

Shu kuni Abdumo‘min O‘tbosarov uyidan zudlikda televideniega chaqirtirilgan.

O‘zgartirilgan matnni yozish jarayonida Abdumo‘min O‘tbosarovning tobi qochgan.

Yurak huruji ortidan taniqli suhandon shifoxonaga olib ketilgan.

So‘ng matnni Alisher Badalov ismli boshqa bir diktorga ham o‘qitib ko‘rishgan.

Lekin, televidenie rahbariyati O‘tbosarov o‘qigan tabrikni efirga berishga qaror qilgan.

Hamkasblari esa Abdumo‘min O‘tbosarovning hayotdan ko‘z yumgani haqida 31 dekabr kuni, ya’ni u o‘qigan prezident tabrigi efirga berilmasidan oldin xabar topishgan.

Internetdagi ayrim nashrlarda O‘tbosarov ishdan ruxsatsiz ketib qolgani uchun 31 dekabr kuni televidenie rahbariyatidan gap eshitgani haqida ham xabarlar bor.

O‘zbekiston Davlat televideniesi rahbariyati bu xabarlar yuzasidan izoh bermadi.

Uzoq yil ishlagan suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov vafot etgani haqida davlat televideniesi va matbuotida xabar ham berilmadi.

O‘zbekiston davlat teleradiokompaniyasi uchun bu so‘nggi bir yil ichidagi ikkinchi katta yo‘qotish bo‘ldi. 2015 yilning 2 mart kuni yana bir mashhur suxandon Rahmatilla Mirzaev o‘z uyi oldida o‘ldirib ketilgan edi.

Keyinchalik suxandonning o‘ldirilishiga uning o‘g‘li Umid Mirzaevning aloqadorligi aniqlandi. Avgust oyida bo‘lib o‘tgan sudda suxandonni o‘ldirishda aybdor, deb topilgan Umid Mirzaev 18 yil, uning sherigi Qudrat Shoazizov 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

XS
SM
MD
LG