Линклар

Rossiya tarafidan anneksiya qilingan Qrimning chorak aholisi yangi yilni elektrsiz kutib olgan.

Bu haqda "Krimenergo" rahbari Viktor Plakida 2 yanvar kuni Simferopolda o‘tkazilgan favqulodda majlisda ma’lum qildi.

Qrim ma’muriyati rahbari Sergey Aksenov yangi yil oqshomida elektrsiz qolgan hamyurtlaridan kechirim so‘radi.

31 dekabr kuni Aksyonov yarim orolning yuz foiz aholisiga elektr berilishini va’da qilgan edi.

Qrim yarim orolining elektrsiz qolishiga Ukrainaning Xerson viloyatidan uzatiladigan ikkita elektr temir-beton ustunning portlatib yuborilishi sabab bo‘lgan.

Qrim yarim oroliga elektr Ukrainaning Xerson viloyatidagi to‘rtta elektr liniya orqali uzatiladi.

2014 yil mart oyida Rossiya Qrimni ishg‘ol etishi ortidan g‘arb Rossiyaga qarshi jazo choralarini kiritgan edi.

XS
SM
MD
LG