Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:50

Xomanaiy: Saudiya Arabistoni shia ulamosini qatl etgani uchun xudoni qahriga uchraydi!


Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Saudiya Arabistoni Nimr Bakr an-Nimrni qatl etgani uchun “xudoning qahriga uchraydi”, deya bayonot berdi.

Oyatulloh fikricha, Nimr Bakr an-Nimr o‘z siyosiy qarashlari, jumladan Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilgani uchun qatl etilgan.

–U qo‘liga qurol olmagan va boshqalarni ham bunga da’vat etmagan, - deya ta’kidladi Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy.

Shanba kuni Saudiya Arabistonida terrorchilik faoliyatida ayblangan Nimr Bakr an-Nimr va yana 46 odam qatl etildi.

Bir kun o‘tib Tehronda Nimr Bakr an-Nimrning qatl etilganidan g‘azabga to‘lgan olomon Saudiya Arabistoni elchixonasi hududiga bostirib kirib, elchilik binosiga o‘t qo‘ydi.

XS
SM
MD
LG