Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:50

ID Iroqdagi harbiy bazaga qilingan hujum uchun mas’uliyatni zimmasiga oldi


Bugun Iroqda harbiy bazaga uyushtirilgan hujum oqibatida 15 nafar iroqlik harbiy halok bo‘ldi, 22 nafari yaralandi.

Tikrit yaqinidagi harbiy bazaga hujumni besh nafar hudkush amalga oshirgani aytilmoqda.

Iroq Xavfsizlik xizmati rasmiylariga ko‘ra, ikki nafar hudkush harbiy baza darvozasi oldida bomba o‘rnatilgan mashinalarni portlatgan.

Qolgan uch hudkush baza ichkarisiga kirib, egnidagi portlash moslamasini harakatga keltirgan.

Hujum uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” ekstremist guruhi zimmasiga oldi.

Ayni guruh Iroq g‘arbi va shimolidagi katta hududni nazorat qilmoqda.

XS
SM
MD
LG