Линклар

logo-print

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat aholisini uy sharoitida tayyorlangan sifatsiz konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslikka chaqirdi.

Vazirlik rasmiylariga ko‘ra, noto‘g‘ri tayyorlangan va saqlangan konserva maxsulotlarini iste’mol qilish oqibatida inson hayotiga o‘ta xavfli bo‘lgan kasalliklar, jumladan botulizm kasalligi kelib chiqishi mumkin.

“Har qanday kasallik kabi botulizmning oldini olish ham insonning o‘z qo‘lida. Buning uchun uy sharoitida sanitariya-gigiena qoidalariga to‘liq rioya qilmay tayyorlangan konservalarni, bozorlarda, ko‘cha-ko‘yda noqonuniy savdo bilan shug‘ullanayotgan shaxslar tomonidan sotilayotgan, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik lozim”, deyiladi vazirlik bayonotida.

O‘zbekistonda yangi yil dasturxoniga konservalangan maxsulotlar, jumladan baqlajon va sabzavotlardan tayyorlangan ikra, bodring, pomidor tuzlamalari va qo‘ziqorindan tayyorlangan konserva mahsulotlar tortilishi odam tusiga aylangan.

Lekin, vazirlik bayonotida har yili qancha odam konserva maxsulotlaridan zaharlanishi haqida aytilmagan.

XS
SM
MD
LG