Линклар

logo-print

Afg‘oniston shimolidagi Mozori Sharif shahrida Hindiston konsulxonasiga qurolli hujum sodir etildi.

Xabarlarda aytilishicha, 3 yanvar kuni konsulxonaga hujum qilganlar va hukumat kuchlari o‘rtasidagi otishma 4 yanvar erta tongda ham davom etgan.

Balx viloyat hokimi matbuot kotibi konsulxonaga hujum qilganlar hukumat kuchlari tomonidan ko‘chaning narigi tomoniga siqib chiqarilganini va ayni paytda ularni yo‘q qilish bo‘yicha amaliyot davom etayotganini bildirdi.

Rasmiylar hozircha hujum oqibatida halok bo‘lganlar yoki vayronlar haqida ma’lumot bergani yo‘q. Shuningdek, hujum uchun mas’uliyatni hozircha hech bir guruh o‘z zimmasiga olgan emas.

Hindistonning Afg‘onistondagi elchisi Amar Sinx o‘z tvitter sahifasida konsulxona xodimlarini xavfsiz joyga ko‘chirishga ulgurilgani oqibatida diplomatlar orasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar yo‘q ekanini ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG