Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:57

Prezident aholining real daromadi 9,5 foizga o‘sishini va’da qildi


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Yangi yil tabrigida 2016 yilda mamlakat iqtisodiyotidagi o‘sish 7,8 foizni tashkil qilishini bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti 2016 yilda aholining real daromadlari 9,5 foizga, oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar 15 foizga oshirilishini va’da qildi.

Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan tabrikda aytilishicha, 2016 yilda iqtisodiyotga 17 milliard 310 million dollar sarmoya yotqiziladi. Bu sarmoyaning 23,5 foizi horijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Prezident o‘z tabrigida yangi yilda O‘zbekistonda 164 yirik ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilishini ta’kidladi.

Yevropa taraqqiyot va qayta qurish banki o‘tgan yilning noyabrida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 2015 yilda 2014 yilga nisbatan 0,6 foizga oz bo‘lishini va 7,5 foizni tashkil etishini bildirgandi.

Bankning bashorat qilishicha, 2016 yilda O‘zbekistonda YaIM o‘sishi yanada ozayadi va 7,2 foiz darajasida bo‘ladi.

Bankning 2015 yil 5 noyabrda e’lon qilingan hisobotida aytilishicha, bu holat Rossiyadan mehnat muhojirlari jo‘natayotgan pul miqdorining keskin kamaygani va O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlarda iqtisodiy o‘sishning susayishi bilan bog‘liq.

XS
SM
MD
LG