Линклар

Rossiya aloqa vazirining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi o‘zlarini Turkiyadagi faollar deya atagan guruh tomonidan qisqa vaqtga blok qilib qo‘yildi. Vazir Nikolay Nikoforovning Instagram tarmog‘idagi sahifasiga 3 yanvar kuni “Bo'rtechine Siber Tim” guruhi hakerlari hujum qildi.

Rus mulozimi Instagram sahifasiga jangovar uchoq, Turkiya bayrog‘i hamda Turkiya asoschisi Mustafo Kamol Otaturk rasmlari ijoylashtirildi.

Foydalanuvchilarga o‘z rasmlari va videolarini joylashtirish imkonini beruvchi Instagram ma’muriyati keyinchalik Nikiforovning sahifasini tikladi va profilidagi rasmlarini qayta joyiga qo‘ydi. Lekin rus mulozimi Instagram ma’muriyati vaziyatni sustkashlik bilan bartaraf qilgani va muammoni hal etish uchun to‘qqiz soat vaqt ketganidan shikoyat qildi.

Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar noyabr oyida Turkiya-Suriya chegarasi yaqinida rus harbiy uchog‘i turk kuchlari tarafidan urib tushirilishi ortidan yomonlashgan.

Dekabr oyi oxirida Turkiyadagi 300 mingdan oshiq vebsahifaga xizmat ko‘rsatuvchi serverga qilingan kiberhujum ortida rus hakerlari turgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida xabar paydo bo‘ldi. 25 dekabr kuni Turkiya banklari kredit kartalar orqali to‘lov operatsiyalarini amalga oshirishda muammolar kuzatilayotgani to‘g‘risida bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG