Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:44

Qirg‘izistonda qazini otning olatiga o‘xshatgan Britaniya fuqarosi hibsga olindi


Qirg‘iziston rasmiylari qazini otning jinsiy olatiga qiyoslagan Britaniya fuqarosini hibsga oldi. Kanadaning Centerra Gold shirkatiga qarashli oltin konida ishlagan britaniyalik Maykl Makfit 3 yanvar kuni Qorako‘l shahrida so‘roq uchun ushlanganini Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi tasdiqladi.

Bishkek rasmiylariga ko‘ra, britaniyalik o‘zining Feysbuk sahifasida Centerra Gold shirkati uyushtirgan Yangi yil bazmidan olingan rasmlarni joylashtirgan va izoh sifatida qazini otning jinsiy a’zosiga o‘xshatgan.

Iddao qilinishicha, Makfit qirg‘izistonlik ishchilar milliy taom hisoblangan chuchuk tarqatilayotgan paytda navbatga turishgani haqida yozib, ular “maxsus delikateslari – otning olatini” yeyishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, degan fikrlarni bayon qilgan.

Ot go‘shti va ichagidan tayyorlanadigan qazini qirg‘izlar chuchuk, deb atashadi.

Makfitning fikrlari 2 yanvar kuni Qumtor oltin konida qirg‘iz ishchilarining ish tashlashlariga sabab bo‘ldi. Qumtor koni shundoq ham bir necha yildan beri Qirg‘iziston hukumati va Kanadaning Centerra Gold shikrati o‘rtasida tortishuvlarga sabab bo‘lib keladi.

XS
SM
MD
LG