Линклар

logo-print

O‘zbekistonda har bir fuqaroning davlat idoralari majlislarida qatnasha olishiga imkon beruvchi qaror qabul qilindi. “Norma” portalining xabar qilishicha, O‘zbekiston Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va kommunikatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 22 dekabr kuni qabul qilgan qo‘shma qarorga asosan axborot faydalanuvchilarining davlat va boshqaruv idoralari ochiq majlislarida ishtirok etishi tartibiga doir namunaviy nizom tasdiqlangan.

Hujjatga ko‘ra, hukumat majlislarida ishtirok etgan fuqarolarning rasm va videoga olishi hamda majlis paytida ovozni yozib olishi taqiqlanadi.

Nizomda shuningdek, davlat va boshqaruv idoralari jismoniy va yuridik shaxslar uchun kollegial majlislarning jadvali, kun tartibi, sanasi va o‘tkazilish joyini e’lon qilib borishi belgilangan.

Majlisda qatnashish istagida bo‘lgan fuqaro ismi-sharifi, yashash joyi va boshqa tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilgan so‘rovnoma bilan murojaat qilishi kerak, deyiladi xabarda. Majlis paytida ularga savol berish huquqi ham taqdim etilishi aytilmoqda.

O‘zbekistonda hukumat majlislari odatda telefon konferentsiyalari shaklida o‘takziladi. Bunday majlislar ishtirokichlari rahbar mulozimlar tarafidan haqoratlanishi holatlari tez-tez uchraydi.

XS
SM
MD
LG