Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:49

OzodNazar: “Moskva Toshkentning qudasi, o‘zi yemay, unga yediradi”


Rossiya Turkmanistondan olgan gazi uchun 2015 yilning boshidan buyon pul to‘lamayapti. Bu haqda Turkmaniston hukumati rasmiy portali o‘tgan yil iyulida xabar qilgan edi. Yil oxiriga kelib esa, “Gazprom eksport” shirkati 2016 yil 1 yanvaridan Turkmaniston gazini sotib olishni to‘laligicha to‘xtatishi haqida bildirdi va darhol bozorda bo‘shab qolgan joyni O‘zbekiston egallashi haqida bayonot paydo bo‘ldi.

Aholisi elektr quvvati taqchilligidan aziyat chekib kelayotgan O‘zbekiston energiyaning bu turini Afg‘onistonga sotish hajmini oshirganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Xo‘sh, endi navbat gazga keldimi?

Bu va Islom Karimovning Yangi yil tabrigida keltirilgan ba’zi raqamlardan paydo bo‘lgan savollarimizni toshkentlik iqtisodchi G‘olibbek Xolnazarovga berdik.

Ғолиббек Холназаровнинг OzodNazarи:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:05 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG