Линклар

Afg‘onistonning Hilmand viloyatida hukumat kuchlari Qo‘shma Shtatlarning maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan otryadlari ko‘magida Tolibonga qarshi janglarni davom ettirmoqda.

AQSh Mudofaa vazirligining bildirishicha, janglarda amerikalik bir harbiy halok bo‘lgan, ikki amerikalik harbiy yaralangan. Afg‘oniston harbiylaridan ham bir necha nafari yaralangan.

Rasmiy ma’lumotlarda aytilishicha, janggarilar yaradorlarni olib ketish uchun kelgan vertolyotni minomyotdan o‘qqa tutib, portlatib yuborgan.

Tolibonning asosiy tayanch nuqtalaridan biri bo‘lgan Hilmand viloyatida bir necha haftadan beri janglar davom etmoqda. NATO Tolibonga qarshi kurash uchun Afg‘onistonda koalitsion kuchlarning 1200 harbiysi jalb etilishi haqida bildirmoqda.

Seshanba kuni Kobulda xorij davlatlari elchixonalari joylashgan hududda bomba o‘rnatilgan avtomashina portlatilgani haqida xabar berildi. Politsiyaning bildirishicha, portlash oqibatida hech kim halok bo‘lmagan va yaralanmagan.

Dushanba kuni Kobulda sodir etilgan ikki portlash oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lgani va yaralangani haqida ma’lum qilingan edi.

XS
SM
MD
LG