Линклар

logo-print

Xitoyning Xenan viloyatida Kommunistik partiyaning sobiq rahbari va uzoq yillar mamlakatni boshqargan siyosiy arbob Mao Szedunning 37 metrli oltin haykali o‘rnatildi.

Xitoy kommunistlari rahbari xotirasiga o‘rnatilgan haykal uchun sarflangan mablag‘ mahalliy tadbirkorlar tomonidan berilgan.

Mahalliy nashrlar haykal o‘rnatilishi uchun 3 million yuan, ya’ni 460 ming AQSh dollari sarflanganini bildirdi.

Xenan viloyati 1950 yillarda Mao Szedun yuritgan siyosat ortidan yuzaga kelgan ocharchilikdan og‘ir talofat ko‘rgan hududlardan biri hisoblanadi.

Xitoyning hozirgi lideri Si Szinpin Mao Szedun siyosatida katta kamchiliklar bo‘lganiga qaramay uni buyuk tarixiy shaxs sifatida baholashini rasman e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG