Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:56

NATO Rossiya xavfsizligiga tahdid solayotganini inkor etdi


NATO va Qo‘shma Shtatlar harbiy alyansning Shimoliy Yevropadagi hozirligining kengaytirlishi Rossiya uchun xavf tug‘diradi degan ayblovni inkor qildi.

5 yanvar kuni tarqatilgan bayonotda “ Biz NATO Rossiya xavfsizligiga tahdid soladi qabilidagi asossiz iddaolarni inkor etamiz”, deb ta’kidlangan.

Avvalroq Moskva o‘z harbiy xavfsizligi doktrinasida NATO Shimoliy Yevropada faollashayotgani Rossiya xavfsizligiga tahdid ekanini qayd etgan edi. NATO bayonotida tashkilot mazkur doktrinani o‘rganishda davom etayotgani ham aytilgan.

Rossiya Qrimni anneksiya qilib olgan 2014 yildan beri NATO Shimoliy Yevropa davlatlaridagi faolligini kuchaytirdi. Yaqinda esa NATO Chernogoriyaga o‘zining 29-a’zosi bo‘lishni taklif etdi.

Biroq NATO rasmiysi Lungesku “Tashkilotning kengaytirilishi hech bir mamlakatga qarshi qaratilgan emas. Har bir suveren davlat u yoki bu shartnoma va tashkilotlarga a’zo bo‘lish huquqiga ega”, deb bildirdi.

Qo‘shma Shtatlar ham Rossiyaning NATO yuzasidan xavotirlarini asossiz, deya baholadi. “Biz Rossiya bilan konfliktga kirishishni istamaymiz. Rossiyada bizni tahdid sifatida ko‘rishga asos yo‘q”, deb bildirdi 4 yanvar kuni Pentagon matbuot kotibi Jeff Devis.

XS
SM
MD
LG