Линклар

O‘zbekistonlik mehnat muhojiri Peterburgda terrorchilik harakati haqida yolg‘on ma’lumot berganlikda ayblanib qo‘lga olindi.

Markaziy Osiyo yangiliklar xizmatining Peterburg politsiyasiga tayanib xabar berishicha, 1 yanvar kuni politsiyaga o‘zini Timirgot Nair deb tanishtirgan odam telefon qilgan va “Fransuz bulvari” savdo markaziga bomba o‘rnatgani haqida ma’lumot bergan.

Maxsus kuchlar tomonidan savdo markazi tekshrilganida, unga bomba o‘rnatilgani haqidagi ma’lumot yolg‘on ekani aniqlangan.

Tezkor tekshiruv natijasida telefon qilgan shaxs O‘zbekistonning 46 yoshli fuqarosi Nair Temirpo‘latov ekani aniqlangan. U Peterburgda ro‘yxatdan o‘tmasdan noqonuniy yashab kelgan. Temirpo‘latov bomba haqida yolg‘on ma’lumot berganini tan olgan.

Mazkur voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

XS
SM
MD
LG