Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:11

Tojikiston prezidenti 2016 yilda Toshkentga kelishi mumkin


Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2016 yilda rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelishi mumkin.

"ASIA-Plus" agentlignining seshanba kuni bildirishicha, mazkur masala o‘tgan yilning dekabr oyi oxirlarida Dushanbeda o‘tgan o‘zbek-tojik tashqi ishlar vazirliklari maslahat kengashi doirasida muhokama qilingan.

Xabarda aytilishicha, Emomali Rahmonning Toshkentga tashrifi sentyabr oyining birinchi yarmiga rejalashtirilishi mumkin. Sentyabr oyida Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi.

Tojikiston prezidenti O‘zbekistonga so‘nggi marta rasmiy tashrif bilan 2001 yilda kelgan edi. O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga rasmiy tashrifi esa bundan 16 yil avval, ya’ni 2000 yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgandi.

XS
SM
MD
LG