Линклар

logo-print

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviashirkati Boeing 787 Dreamliner yo‘lovchi uchoqlarini qabul qilib olishga tayyorgarlik doirasida yangi mutaxassislarni AQShga mashg‘ulot o‘tashga yuborganini aytmoqda. Davlat shirkatiga tayanib berilayotgan xabarga ko‘ra, 2008 yilda buyurtma berilgan ikkita Dreamliner Boeing shirkati tarafidan joriy yil oxirgacha etkazib berilishi kutilmoqda. “O‘zbekiston havo yo‘llari” bir necha yil avval Rossiyaga doir samolyotlardan voz kechgan va hozirda aviaparki 34 dona AQSh va Yevropada ishlab chiqarilgan uchoqlardan iborat. Shu bilan birga milliy shirkat keyingi yillarda uzoq xorijga parvozlar sonini kamaytirib, asosiy e’tiborini MDH mamlakatlariga qaratayotganini kuzatish mumkin.


“O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkati 2008 yilda AQShning Boeing kompaniyasiga buyurtma bergan ikkita Dreamliner samolyotining joriy yilda etkazib berilishi kutilmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasiga davlat shirkati bosh direktorining o‘rinbosari Gennadiy Xarlap ma’lum qildi.

Boeing 787 Dreamliner rusumidagi ikki samolyotni boshqarishni o‘rganish uchun “O‘zbekiston havo yo‘llari” mutaxassislarining ikkinchi guruhi AQShning Sietl shahrida tayyorgarlikdan o‘tayotganini ham bildirdi shirkati mulozimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “qayta tayyorgarlikdan o‘tish uchun mutaxassislar eng yuqori toifadagi barcha talablarga javob bera oladigan xodimlar orasidan tanlov orqali saralab olingan”.

Toshkent xalqaro aeroportida Boeing 787 Dreamliner uchoqlari uchun uchta maxsus turar joy tayyorlanayotganini ham ta’ktidladi Xarlap.

Boeing 787 Dreamliner dunyodagi eng yirik samolyotlardan biri hisoblanadi. Har biri 220 million dollar turadigan ikkita uchoqqa “O‘zbekiston hamvo yo‘llari” 2008 yilda buyurtma bergan.

Boeing 787 Dreamliner uchog‘i taqdimot turnesi doirasida 2012 yilda Toshkent aeroportiga ham qo‘nib o‘tgan.

XS
SM
MD
LG