Линклар

Buxoroda 2015 yil davomida 20ta davlat tashkilotining rahbari ishdan bo‘shatildi va 26 ta kollej direktori o‘zgartirildi.

Bu haqda viloyat hokimi Muhiddin Esonov xalq deputatlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Bo‘shatilgan mulozimlardan 11 nafari o‘z lavozimini eplay olmagani uchun ishdan haydalgan.

26ta kollejning direktori ham o‘z vazifasini qoniqarli bajarmagani bois ishdan olingan.

Hokim Esonov kollejlardagi o‘quv jarayoniga rahbarlarning sovuqqonlik bilan yondashayotganini aytib, ularni tanqid qilgan. Hokimga ko‘ra, ayrim holatlarda qonunga zid harakatlar ham kuzatilgan.

XS
SM
MD
LG