Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:59

Turkiya Rossiyani aviatsiya normalarini buzganlikda aybladi


Turkiya Transport vaziri Binali Yildirim Pegasus aviakompaniyasi xodimlariga viza bermagani uchun Rossiyani xalqaro aviatsiya qoidalarini buzganlikda aybladi.

Royters ma’lumotiga ko‘ra, Yildirim Rossiya hukumati harakatini “surbetlik” deb atagan.

Kecha Turkiyaning Pegasus Airlines aviakompaniyasining Rossiyaga reyslari 13 yanvarga qadar bekor qilingani xabar qilindi. Samolyot ekipaji a’zolariga Rossiya vizasi berilmagani bunga sabab qilib keltirildi.

Turkiya bilan Rossiyaning siyosiy munosabatlari 2015 yilning noyabr oyida rus harbiy uchqichining turk uchuvchilari tomonidan urib tushirilganidan so‘ng yomonlasha boshladi.

1 yanvardan boshlab Rossiyaning Turkiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalari kuchga kirdi, shuningdek, Turkiya bilan vizasiz rejim bekor qilindi.

XS
SM
MD
LG