Линклар

Bugun ertalab Shimoliy Koreya vodorod bombasini ilk bor muvafaqqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazgani haqida ma’lum qildi.

Avvalroq Janubiy Koreya va Yaponiya meteo xizmati epimarkazi Shimoliy Koreyaning shimoli-sharqi bo‘lgan 5,1 magnitudali zilzila bo‘lganini qayd qilishgan.

Janubiy Koreya meteo xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila vodorod bombasining sinovdan o‘tkazilishi natijasida kelib chiqqan.

"Zilzila payti biz qayd qilgan seysmik to‘lqin tabiiy yer silkinishidan farq qiladi. Bu kabi to‘lqin odatda yadroviy qurol va portlovchi moddalar ishlatilishi natijasida kelib chiqadi", deyiladi Janubiy Koreya meteo xizmati bayonotida.

Zilzila epimarkazi Shimoliy Koreyaning Pungeri yadroviy poligonidan 49 kilometrdagi hududga to‘g‘ri kelgani aytilayapti.

Sputnik orqali olingan razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur poligonda keyingi oylarda noodatiy aktiv harakatlar kuzatilgan.

Pxenyan oldingi yadro sinovini 2013 yil fevralida o‘tkazgan va o‘sha paytda ham xuddi shunday zilzila kuzatilgan edi.

O‘tgan oy Kim Chen In atom va vodorod qurollarini sinovdan o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

XS
SM
MD
LG