Линклар

logo-print

Germaniya Kansleri Angela Merkel mamlakatning turli shaharlarida o‘nlab ayol jinsiy tajovuzga uchraganiga norozilik bildirdi.

Yangi yil arafasida Kelnning markaziy temir yo‘l vokzali hududida mast va bezorilar guruhi ayollarga hujum qilgan.

Politsiyaning guvohlarga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, hujum qilgan shaxslar tashqi ko‘rinishidan arablar yoki shimoliy afrikaliklar bo‘lgan.

Kecha kechqurin ayollar hujumga uchragan joyda taxminan 300ta ayol norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Hamburg politsiyasi ham shaharda ayollar xuddi shunday hujumlarga uchragani haqida xabar qildi.

XS
SM
MD
LG