Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:04

Prezident Karimovning bouling o‘ynayotgan videosi tarqaldi


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov, Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboev va Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Aqaevning bouling o‘ynayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylandi.

2 yanvar kuni YouTube tarmog‘iga qo‘yilgan ushbu video 2001 yilning yanvar oyida Qozog‘istonning Chimbuloq bazasidagi bouling maydonchasida tasvirga olingani aytilayapti.

Uchala prezidentning ham bouling o‘ynash uchun maxsus oyoq kiyimi kiymasdan tuflida bouling maydonchasiga tushgani ko‘pchilik tomonidan tanqid qilindi.

Videodagi tasvirlarda Nazarboevning ikki hamkasbiga nisbatan boulingni yaxshiroq o‘ynayotganini ko‘rish mumkin.

Lekin bu o‘yinda qaysi prezident g‘olib bo‘lgani ma’lum emas. Ko‘pchilik bu borada ochkoni Nazarboevga berishga harakat qilayapti.

Боулинг ўйнаëтган Каримов¸ Назарбоев ва Каримов
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:34 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG