Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:28

Yangiyo‘lda diniy adabiyot tarqatgan uch kishi hibsga olindi


Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi uch kishi koreys protestantlar cherkoviga qarashli diniy adabiyotlarni noqonuniy saqlash va tarqatishda ayblanib hibsga olindi.

Huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar tarqatgan 12news.uz ma’lumotiga ko‘ra, uch yangiyo‘llikning uyida o‘tkazilgan tintuv payti diniy mazmundagi kitoblar, broshyuralar va audioyozuvlar topilgan.

Hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG