Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:13

O‘zbekistonlik shaxmatchi Angliyadagi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi


Samarqandlik grossmeyster Jahongir Vohidov Angliyada bo‘lib o‘tgan Tradewise Hastings Masters shaxmat musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

An’anaviy bo‘lgan bu xalqaro musobaqa 28 dekabrda boshlanib, 5 yanvar kuni nihoyasiga yetdi.

Samarqand Davlat universiteti talabasi bo‘lgan Jahongir Vohidov musobaqada polshalik mashhur shaxmatchi Aleksandr Mista bilan bir xil, ya’ni 7 ochkodan to‘plagan, biroq u bilan shaxsiy uchrashuvda g‘alaba qozonib, birinchilikni qo‘lga kiritgan.

Jahongir Vohidov Hastings Blitz 2015/16 deb nomlagan shaxmat bo‘yicha blits-turnirda ham 1-o‘rinni olgan.

XS
SM
MD
LG