Линклар

logo-print

Vatikan yelkasida Kalashnikov avtomati bilan qochib ketayotgan va libosiga qon yuqqan Xudo tasvirlanmish karikaturani chop etgani uchun Fransiyaning Charlie Hebdo satirik jurnalini tanqid qildi.

Vatikanda chiqadigan Osservatore Romano gazetasi mazkur suratni har qanday dindagi haqiqiy dindorlarga nisbatan “hurmatsizlik”, deb atadi.

Charlie Hebdo jurnalining bu karikatura joy olgan soni chorshanba kuni dunyo yuzini ko‘rdi.

Jurnalning kechagi soni 2015 yil 7 yanvarida Parij tahririyatiga islomiy jangarilar tomonidan qilingan hujumning bir yilligiga bag‘ishlangan. Mazkur hujumda 12 kishi halok bo‘lgan. Hujum uchun mas’uliyatni Arabiston yarimorolidagi “Al-Qoida” guruhi o‘z zimmasiga olgan.

XS
SM
MD
LG