Линклар

logo-print

Bahrayn rasmiylari Eronga aloqador shaxslarning mamlakat hududida hujumlar uyushtirish bo‘yicha rejalarini fosh qilganlarini bildirdilar. Muhtamalan Eron Islomiy inqilob posbonlari korpusi va Eron tomonidan dastaklanuvchi Livandagi Hizbulloh guruhiga aloqador bo‘lgan odamlar, Bahrayn Ichki ishlar vazirligi mas’ullarining ta’kidlashlaricha, “qator mudhish portlashlar”ni amalga oshirmoqchi bo‘lgan.

Bu ma’lumot Ar-Riyod tomonidan shia mazhabi arbobi Nimr an-Nimr qatl etilganidan so‘ng Eron va Saudiy Arabistoni o‘rtasidagi aloqa keskinlashishi qabatida paydo bo‘ldi.

O‘tgan hafta Tehronda norozilar Saudiy Arabistoni elchixonasiga hujum qilganidan so‘ng Ar-Riyod Eron bilan diplomatik aloqalarni uzgan. Buning ortidan Saudiy Arabistonining yaqin ittifoqdoshlari bo‘lgan Bahrayn, Jibuti, Sudan va Birlashgan Arab Amirliklari ham Eron bilan diplomatik aloqalarni cheklaganlar yoki to‘xtatganlar. Quvayt va Qatar Erondan o‘z elchilarini chaqirtirib olganlar, Iordaniyada esa Eron elchisi izoh berish uchun Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan.

XS
SM
MD
LG