Линклар

BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya tomonidan o‘tkazilgan yadroviy sinovni keskin qoralab chiqdi. Xavfsizlik kengashining oshig‘ich majlisi Pxenyan yer ostida vodorod bombasini muvaffaqiyat bilan sinovdan o‘tkazgani haqida bayonot berganidan keyin 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi.

Bu hodisa ortidan dunyoda tinchlik va xalqaro xavfsizlik uchun ochiq tahdid saqlanib qolayotganini qayd etgan kengash a’zolari Shimoliy Koreya xatti-harakatini avvalgi rezolyutsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzish, deb atadilar.

BMT Xavfsizlik kengashi jiddiy qonunbuzarliklar qabatida Shimoliy Koreyaga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etish uchun yangi rezolyutsiya ustidan zudlik bilan ish boshlash niyatida ekanini bayon etdi. Agar ma’lumotlar tasdiqlansa, bu Pxenyan tomonidan 2006 yildan buyon o‘tkazilgan yadroviy sinovlarning to‘rtinchisi bo‘ladi.

Biroq Oq uyning qayd etishicha, dastlabki natijalar vodorod bombasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganiga oid parametrlarga “muvofiq kelmayapti”. Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest: “So‘nggi 24 soat ichida sodir bo‘lgan voqealarning hech qaysisi bizning Shimoliy Koreya yadroviy imkoniyatlari haqidagi bahoimizni o‘zgartirmadi”, deya bildirdi.

XS
SM
MD
LG