Линклар

Rasmiy Tehron Saudiya Arabistoni harbiy uchoqlari Yaman poytaxti Sannadagi Eron elchixonasini “ataylabdan” nishonga olganini aytmoqda. “Saudiya Arabistoni elchixona binosiga yetkazilgan zarar va ayrim xodimlarining jarohatlanishi uchun mas’uldir”, deya bayon qildi Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot vakili Hussayn Jobir Ansariy 7 yanvar kungi chiqishida.

Yamanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Hutiy isyonchilarga qarshi harbiy harakatlarni olib borayotgan Saudiya yetakchiligidagi koalitsiya matbuot vakili Tehronning iddaolari bo‘ycha tekshiruv o‘tkazilishini bildirdi.

Matbuot vakili Ahmad Assariy koalitsiya uchoqlari 6 yanvar kuni kechqurun Sanaada keng ko‘lamli havo hujumlarini amalga oshirganini tasdiqladi. Uning aytishicha, havo hujumida Hutiy isyonchilar Saudiya Arabistoniga raketa otish uchun ishlatadigan pozitsiyalar nishonga olingan.

Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi munosabatlar Ar-Riyod hukumati tarafidan shia ulamosining qatl etilishi ortidan taranglashishda davom etmoqda.

7 yanvar kuni Tehron Saudiya Arabistonida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga embargo joriy etganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG