“Bunday vaziyat hech qachon va hech qaysi davlatda bo‘lmagan, har holda bunday bo‘lganini eslay olmayman”. O‘zbekistonlik sobiq diplomat Toshpo‘lat Yo‘ldoshev bu fikrni nobiometrik pasport bilan O‘zbekistonga qayta olmay qolayotganlar tushib qolgan vaziyatni sharhlayotib bildirdi. Yo‘ldoshevning fikricha, hukumatning o‘z fuqarolariga nisbatan bu harakatini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.