Линклар

Shvetsiya so‘nggi 50 yilda birinchi marta Malmyo shahrini Daniya poytaxti Kopengagen bilan bog‘lovchi Eresunn ko‘prigida chegara nazoratini joriy etdi. Mazkur ko‘prik “Yevropaning ochiq eshigi” hisoblanar edi.

Payshanba kuni tarqatilgan xabarlarda aytilishicha, Shvetsiya qochqinlar oqimi ko‘paygani ortidan mana shu chorani qo‘llashga majbur bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan yili Shvetsiyaga 160 ming qochqin kelgan.

Suriya, Afg‘oniston va Shimoliy Afrikadan kelgan millionlab qochqinlarning ko‘pchiligi Germaniyaga yetib kelgach, skandinaviya davlatlariga o‘tishga harakat qilayotir. Buning oqibatida Finlandiya o‘tgan yil oxirida Germaniyadan Finlandiyaga paromda o‘tayotgan shaxslar uchun viza tizimi joriy etishga majbur bo‘lgan.

O‘tgan yili Germaniyaning o‘zida bir milliondan ortiq qochqin boshpana topgan.

XS
SM
MD
LG