Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:26

Coca-Cola Ukrainadan rasman uzr so‘radi


Coca-Cola shirkati o‘zining "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Qrim Rossiya hududi sifatida ko‘rsatilgan xaritani joylashtirgani uchun Ukrainadan rasman uzr so‘radi

Shirkat bu boradagi rasmiy maktbuni Ukrainaning AQShdagi elchisi Aleksey Chaliyga 6 yanvar kuni topshirgan. Maktubda xarita shirkatga qarashli bo‘lmagan agentlik tomonidan Coca-Cola rahbariyati bilan kelishilmay turib tayyorlangani va ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgani aytilgan. Mazkur post shikoyatlar kelib tushishi bilanoq, tarmoqdan olib tashlangan.

Coca-Cola shirkatining Ukrainadagi vakolatxonasi 5 yanvar kuni mazkur anglashilmovchilik uchun Ukraina hukumatidan rasman uzr so‘ragan edi.

30 dekabr kuni Coca-Cola "VKontakte" tarmog‘idagi rasmiy sahifasiga Rossiyaning xaritasini joylashtirgan. Bu xaritada Qrim, Kaliningrad viloyati va Kuril orollari ko‘rsatilgan emas. Bu esa rossiyaliklarning katta noroziligiga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng Coca-Cola 5 yanvar kuni tarmoqqa Qrim Rossiya hududi sifatida ko‘rsatilgan yangi xaritani joylashtirgan. Bu esa o‘z navbatida ukrainaliklarning noroziligia sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG