Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:18

O‘zbekistonlik 23 odamni Ukraina va Shveytsariya shifokorlari operatsiya qildi


O‘zbekistonlik 10 bola va 13 qariya 2014-2015 yillar mobaynida Shveytsariya hamda Ukraina shifokorlari ishtirokida bepul operatsiya qilindi. Operatsiyalarning umumiy qiymati 220 ming dollarni tashkil etgan.

O‘zbekiston mahalliy matbuotining xabar berishicha, mazkur jarrohlik amaliyotlari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi, Ukraina bolalar kardiologiyasi va kardioxirurgiyasi markazi hamda Shveytsariyaning EurAsia Heart tibbiyot jamg‘armasi xomiyligida o‘tkazilgan.

Jarrohlik amaliyotlari jarayonida ukrainalik va shveytsariyalik shifokorlar o‘zbek hamkasblari bilan tajriba almashgan.

XS
SM
MD
LG